IT markaz maʼlum bir soha uchun dasturiy mahsulotlar yaratish, startaplar yaratish, sunʼiy intellekt loyihalarini amalga oshirish, kompyuter grafikasi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish va yosh dasturchilarni tayyorlash boʼyicha ishlarni amalga oshiradi
IT markazda faoliyat olib boruvchilar MCHJ tashkil etish asosida qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish mumkin
IT markaz boshlig‘i IT markaz yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarni nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi
Viloyat hamda Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan konxona va tashkilotlarning raqamlashtirish bo‘yicha ilmiy-texnik muammolarining yechimiga yo‘naltirilgan ilg‘or va innovatsion ishlanmalar, texnologik loyiha va startaplar bazalari shakllantiriladi. Talabalarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalari mavzularini ushbu ilmiy muammolariga yo‘naltirilishi taʼminlanadi
Raqamlashtirish bo‘yicha tadbirkorlar va ishlab chiqarishish vakillari bilan muntazam ravishda seminar-treninglar tashkil etish, ilmiy tadqiqot muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taʼminlanadi, hamkorlikda bajarilgan tayyor ishlanmalarni ishlab chiqarish va soha tashkilotlariga taqdim etish taʼminlanadi
IT markaz rezidentlariga faoliyatni amalga oshirish uchunzarur infratuzilma, shu jumladan, zamonaviy laboratoriyalarni berish, ularga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari, shuningdek, akseleiratsiya dasturlari bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish
Startap-loyihalarni amalga oshirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida qo‘llab-quvvatlash, axborot texnologiyalari sohasida boshlovchi va kichik korxonalarga innovatsion faoliyat natijalarida ko‘maklashish
IT markazda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti talabalari, magistrantlari, doktorantlari va yosh tadqiqotchilari dasturiy mahsulotlar yaratish, startaplar yaratish, sunʼiy intellekt loyihalarini amalga oshirish, kompyuter grafikasi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish va yosh dasturchilarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat olib boriladi
Axborot texnologiyalari (dasturlash, sunʼiy intellekt, elektron tijorat va boshqalar) sohasida kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishga ko‘maklashadi.
IT markazi va uning rezidentlari faoliyati ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil etadi.
O‘z vakolatlari doirasida axborot va tahliliy materiallarni tayyorlaydi va nashr qiladi.
O‘z faoliyatini boshlayotgan yuridik shaxslarga investorlarga kreditorlar bilan shartnomalar tuzish jarayonida moliyaviy, yuridik yoki boshqa maslahat yordami beradi
Yuridik shaxslarni IT markaz rezidenti maqomidan mahrum qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Biznes-rejalarning ro‘yxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi, loyihani amalga oshirish imkoniyatlari, axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishda IT markazning rezidenti sifatida yuridik shaxs tomonidan joriy qilinishi taklif etilayotgan loyihaning innovatsion va ommabopligi bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazish maqsadida topshirilgan ariza va hujjatlar 5 ish kuni mobaynida ekspert kengashiga yuboriladi.
Ekspert kengashi biznes-reja taqdimotini o‘tkazish uchun ariza beruvchini taklif qilish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish huquqiga ega.
Ekspert kengashi biznes-reja ekspertizasini o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda o‘tkazadi.
Ekspert kengashi ekspertiza natijalariga ko‘ra taqdim etilgan startapning ro‘yxatda belgilangan faoliyat turlariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.