🚀 AITIZIM — o‘quv markazlarini boshqarishning yangi raqamli yechimi
📣 SamDU Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar instituti IT Markazida yangi loyiha — AITIZIM
IT Markazi rezidentlari Ozodbek To‘xtayev va G‘olib Erkinov tomonidan o‘quv markazlari faoliyatini raqamli boshqarishga mo‘ljallangan AITIZIM platformasi ishlab chiqildi.
AITIZIM — o‘quv markazlarining asosiy boshqaruv jarayonlarini yagona tizimga birlashtiruvchi raqamli yechim.
Platformada:
👥 o‘quvchilar va guruhlarni boshqarish;
💰 to‘lovlar va qarzdorlikni nazorat qilish;
👨🏫 o‘qituvchilar va dars jadvalini boshqarish;
📅 davomatni yuritish;
📊 moliyaviy ko‘rsatkichlar va sof foydani tahlil qilish imkoniyatlari mavjud.
Loyiha o‘quv markazlarida kundalik boshqaruv jarayonlarini markazlashtirish, avtomatlashtirish va raqamlashtirishga qaratilgan.
🌐 aitizim.uz
Manbaga o'tishKo'rishlar soni :
30