🚀 YANGI STARTAP — YANGI IMKONIYATLAR!

🚀 YANGI STARTAP — YANGI IMKONIYATLAR!


🎉 Travel Martaba — O‘zbekiston bo‘ylab sayohatlarni yanada qulay, aqlli va zamonaviy tashkil etishga xizmat qiluvchi innovatsion platforma.

💻 Ushbu startap loyiha IT Markaz boshlig‘i Sayidqulov Asliddin va IT Markaz rezidenti Xakimov Allamurod tomonidan ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📜 Loyiha mualliflariga elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturiy ta’minotning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma — № DGU 68614 berildi.

🌐 Travel Martaba platformasida:
📍 Sayohat yo‘nalishlari
🏛 Tarixiy va turistik maskanlar
🏨 Mehmonxonalar
⭐️ Foydalanuvchilar reytinglari
🗺 Sayohatni rejalashtirish imkoniyatlari jamlangan.

🔥 Bu — g‘oyadan innovatsion mahsulotgacha bo‘lgan yo‘lning navbatdagi muhim qadami!

👏 IT Markaz jamoasi nomidan loyiha mualliflarini ushbu muhim natija bilan tabriklaymiz!

🚀 Travel Martaba — O‘zbekistonni kashf eting, sayohat tajribangizni oshiring!

#TravelMartaba #Startap #ITMarkaz #SamDU #Innovatsiya #Startup #TravelTech #DigitalUzbekistan #Sayohat #YoshlarStartapi

Manbaga o'tish

Ko'rishlar soni :

30