IT Markazi rezidenti Shaymardonov Shavkat tomonidan yaratilgan Ustaxona markazlar faoliyatini  zamonaviy boshqaruvchi — "my-ustaxona.uz — AutoMaster" loyihasi ishga tushirildi! ⚙️💻

IT Markazi rezidenti Shaymardonov Shavkat tomonidan yaratilgan Ustaxona markazlar faoliyatini  zamonaviy boshqaruvchi — "my-ustaxona.uz — AutoMaster" loyihasi ishga tushirildi! ⚙️💻

📣Samarqand davlat universiteti Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakulteti IT markazi taqdim etadi!

IT Markazi rezidenti Shaymardonov Shavkat tomonidan yaratilgan Ustaxona markazlar faoliyatini  zamonaviy boshqaruvchi — "my-ustaxona.uz — AutoMaster" loyihasi ishga tushirildi! ⚙️💻

Endi ustaxonangizdagi tartibsizliklar, qog‘ozbozlik va hisob-kitobdagi xatoliklarga chek qo‘ying. Barcha jarayonlar — bitta tizimda, kaftingizda!

🚀 Nima uchun my-ustaxona.uz  tizimni tanlash kerak?

Platforma nafaqat hisob-kitob qiladi, balki biznesingizning "miyasi" vazifasini bajaradi. Siz uydami yoki safarda — ustaxonangizdagi har bir detalni masofadan nazorat qila olasiz.

Asosiy imkoniyatlar:

📊  Kirim-chiqim, faol mijozlar va bajarilgan ishlar statistikasi real vaqt rejimida.
👥  Xizmatlar tarixi, ishlatilgan ehtiyot qismlar va sodiq mijozlarni aniqlash tizimi.
👨‍🔧 Ustalar nazorati bonus va rag‘batlantirish tizimi avtomatlashtirilgan.
📦 Ehtiyot qismlar qoldig‘ini kuzatish, yangi tovarlar kirimi va taminotchilar bilan hisob-kitob.
💰 Sof foydani hisoblash, xarajatlar tahlili va qarzlar ro‘yxatini yuritish.
🛡 Tizimdagi har bir o‘zgarish kim tomonidan kiritilganini kuzatish imkoniyati.


🏛SamDU IT Markazi rezidenti tomonidan yaratilgan yangi dasturiy ta'minot yordamida avtoservis yoki istalgan ustaxona faoliyatini 100% raqamlashtiring!

Manbaga o'tish

Ko'rishlar soni :

30