Sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakulteti IT markazi rezidenti Nodirbek Eshboyev tomonidan IELTS MOCK dasturiy mahsulot ishlab chiqildi.
Ushbu dasturning asosiy maqsadi — IELTS imtihonini real formatda simulyatsiya qilish va o'quv markazlar uchun professional darajadagi MOCK xizmatini taqdim etish.
Bu platforma individual foydalanish uchun emas.
Bu — IELTS markazlari uchun mo‘ljallangan professional tizim.
🔹 Platforma 2 asosiy moduldan iborat:
1️⃣ O‘qituvchilar uchun ADMIN PANEL. Bunda IELTS o‘qituvchilari uchun maxsus boshqaruv tizimi mavjud bo'lib admin panel orqali markazingiz barcha jarayonni nazorat qiladi va professional boshqaruv imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2️⃣ O‘quvchilar uchun EXAM PLATFORMASI. Bunda talabalar uchun alohida real imtihon interfeysidan iborat.
Bu modul faqat MOCK topshirish uchun mo‘ljallangan.
Talaba tizimga kiradi va real IELTS imtihon muhitida test yechadi.
Natijada:
— Real daraja aniqlanadi
— Vaqtni boshqarish shakllanadi
— Imtihon bosimiga moslashadi
— Hayajon kamayadi
🎯 IELTSga tayyorlaydigan markazlar uchun strategik ustunlik
🔹 Professional MOCK tizimi
🔹 Raqobatchilardan ajralib turish
🔹 Talabalarga real exam tajribasi berish
🔹 7+ natija olish ehtimolini oshirish
🔹 Zamonaviy va ishonchli imidj yaratish
📞 Hamkorlik uchun:
Telefon: +998332720727
Telegram: @Eshboev_dev
Ko'rishlar soni :
30