Samarqand davlat universiteti sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakulteti tadqiqotchilari Indian Institute of Technology Delhi oliy ta’lim muassasasida bo‘lishdi.
Samarqand davlat universiteti sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakulteti tadqiqotchilari Indian Institute of Technology Delhi oliy ta’lim muassasasida bo‘lishdi. Mazkur institut QS xalqaro reytingida 123-o‘rinni egallagan. Indian Institute of Technology Delhi dunyoda axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Stajirovka davomida hamkorlikda PhD tadqiqotchilarini tayyorlash, o‘quv dasturlarini transformatsiya qilish, talaba va o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Ko'rishlar soni :
30