Ta’lim Platformasi

Ta’lim Platformasi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti
Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar fakulteti IT markazi taqdim etadi

Fakultet IT Markazi rezidenti Baymatov Bobur tomonidan yaratilgan zamonaviy raqamli ta’lim loyihasi — mock-exam.uz ishga tushirildi!
Bu platforma sizning o‘qish jarayonini butunlay yangi darajaga olib chiqadi. Endi bilimni sinash, tayyorlanish va natijalarni tahlil qilish — bitta joyda, bitta tizimda, eng qulay shaklda.

🚀 Mock-exam.uz — Premium Ta’lim Platformasi

Mock-exam.uz — O‘zbekiston ta’lim tizimining barcha bosqichlari uchun mo‘ljallangan kuchli raqamli ekotizim.
Platforma maktab o‘quvchisi, kollej/litsey talabasimi, abituriyent yoki universitet talabasi bo‘lasizmi — istalgan imtihonga kirishdan oldin o‘z natijangizni oldindan bilib olishingiz mumkin.
Imtihon oldidan ko‘pchilikda hayajon, qo‘rquv, ishonchsizlik bo‘ladi.
Mock-exam.uz esa aynan shu hislarni kamaytirish, sizni real sharoitga yaqinlashtirish va imtihon kuni o‘zingizni ishonchli his qilishingiz uchun xizmat qiladi.
Platformadagi testlar va blok imtihonlari asl imtihon muhitini yaratib beradi — siz esa avvaldan tayyor, xotirjam va o‘z kuchingizga ishongan bo‘lasiz.

Manbaga o'tish

Ko'rishlar soni :

30