Yaqinda YOLO modelining YOLOv11 versiyasi chiqqan edi. YOLOv11 – real vaqt rejimida ishlovchi eng yangi obyekt aniqlash modeli sifatida taqdim etildi. Ushbu versiya oldingi YOLO modellaridan yanada aniqroq va tezroq ishlash imkoniyatini taqdim etib, sport tahlili, ayniqsa, futbolni real vaqt rejimida kuzatish va tahlil qilish uchun yangi ufqlarni ochadi. YOLOv11 modeli orqali futbol o’yinini tahlil qilish dasturi ishlab chiqildi.
Futbol tahlilida YOLOv11 quyidagi imkoniyatlarni taklif etadi:
1. Oʻyinchilarning harakatini aniqlash: YOLOv11 modeli o‘yinchilarning joylashuvi, harakatlari va pozitsiyalarini real vaqt rejimida kuzatadi va aniqlaydi. Har bir o‘yinchining maydondagi harakati aniq tahlil qilinadi.
2. Toʻp va o‘yin epizodlarini kuzatish: Model to‘p harakatini kuzatib, u bilan bog‘liq asosiy epizodlarni aniqlaydi, bu orqali muhim o‘yin vaziyatlari avtomatik ravishda qayd etilishi mumkin.
3. Oʻyin ma’lumotlarini tahlil qilish: YOLOv11 asosida qurilgan dastur o‘yin jarayonini chuqur tahlil qiladi va jamoalar, o‘yinchilar o‘rtasidagi strategik o‘zaro aloqalarni aniqlash imkonini beradi.
4. Tez va aniq ishlov: Modelning yuqori tezligi tufayli futbol oʻyinlarini real vaqt rejimida kuzatish va tezkor tahlillarni olish mumkin.
Bu texnologiya futbol tahlilchilari, jamoa murabbiylari va tahlilchi dasturchilar uchun juda katta yordam bo‘lishi mumkin, chunki o‘yin natijalarini oldindan ko‘rish va taktik qarorlar qabul qilishda yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Dastur code: https://github.com/mradovic38/football_analysis
Muallif: Xakimov Allamurod
Ko'rishlar soni :
30