Samarqand davlat universiteti intelektual tizimlari va kompyuter texnologiyalari fakulteti qoshida 2023-yil IT markaz tashkil etildi. Bundan asosiy maqasad ilmiy tadqiqot ishlarini IT-industriya bilan integratsiya qilish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda talabalarni dasturlash sohasida ish bilan ta’minlashdan iborat.
Bugungi kunda markaz 3 asosiy yo’nalishda ish olib bormoqda. Birinchisi, dasturiy mahsulotlarni zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqish va malakali dasturchilar tayyorlash. Ikkinchisi, universitet tuzilmalarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish. Uchinchisi, tadqiqotchilarning ilmiy loyihalarini dasturiy ta’minot tayyorlashga ko’maklashish va xalqaro IT tanlovlarda ishtirok etish.
SamDU IT markazida algoritimlash, web dasturlash, kompyuter savodxonligi, mobil dasturlash, sun’iy intellekt kabi kurlasr tashkil etilgan bo’lib, hozirgacha 15 dasturchi tayyorlandi. - deydi IT markaz boshlig’i Asliddin Sayidqulov. – Dasturchilar o’zlarining 10 dan ortiq dasturiy mahsulotlarini Samarqand shahrining yirik va o’rta savdo obyektlariga, distribyutorlik xizmatlariga, ishlab chiqarish korxonalariga taqdim etdi. Natijada ish sifati samaradorligi oshdi va tadbirkorlarning faoliyati yaxshilandi. Masalan “Donko” ishlab chiqarish korxonasining Samarqand shahridagi distribyutorlik xizmati raqamlashtirildi. Shundan so’ng, koroxonaning qandolatchilik mahsulotlari tez va ishonchli tarzda yetkazilish xizmati faollashdi. Qolaversa, SamDU qoshida “SamIT” MCHJ tashkil etildi... SamDU Ilmiy Axborotnoma jurnaliga maqolalarni qabul qilish, joylashtirish, xalqaro ilmiy bazalarda indekslash ishlari raqamlashtirilib, axborotnoma.uz platformasi ishga tushurildi. Universitet kadrlar bo’limi faoliyatida xodimlar shaxsiy ma’lumotlarini yig’ish, saqlash va bo’lim ma’lumotlarini monitoring qilish imkoniyati yaratildi. Fakultetda sinov tariqasida xodimlarning ishga kelib ketish davomati dasturi o’rnatildi. Ushbu dastur xodimning ishga qachon kelgani va ishdan qachon chiqqanligi haqida ma’lumotlarni jamlaydi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotchilarning malakaviy imtihonlarini tashkil qilish jarayonlarini raqamlashtirish uchun phd.samdu.uz platformasi yo’lga qo’yildi… IT markaz dasturchilari universitetning ilmiy tadqiqotchilari va o’qituvchilarining bir qator loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik qilmoqda. “Videotasvirli ma’lumotlar asosida tirbandliklar baholash”, “Mashinaviy o‘qitish asosida ko’chmas mulkni baholash”, “Tibbiy tasvirlarni sun’iy intellekt yordamida tashhis qo’yish” kabi dasturlar shular jumlasidandir… IT markaz a’zolari bir qator startap va hakaton tanlovlarida ishtirok etmoqda. Toshkentda Open Data Challenge hakatoni, Mirzo Ulug’bek vorislari respublika ko’rik tanlovida o’zlarining startap ishlanmalari bilan qatnashdi.
Ko'rishlar soni :
30