Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik

Samarqand davlat universiteti intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakultetida Malayziyaning Terengganu universiteti bilan onlayn seminar tashkil etildi.
    Anjumanda SamDU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Akmal Axatov, intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari hamda matematika fakulteti professor-o‘qituvchilari va Malayziyaning Terengganu universiteti mutassadilari ishtirok etdi.
    Seminarda axborot texnologiyalari va amaliy matematika sohasida o‘zaro hamkorlik masalasi ko‘rildi. PhD tadqiqotchilari tayyorlash, sun’iy intellekt, blokcheyn, axborot xavfsizligi yo‘nalishlarida hamkorlikda tadqiqotlar olib borish, talaba va magistr almashinuvi, o‘qituvchilarni qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish va qabul qilish masalalari muhokama qilindi.

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.

Ko'rishlar soni :

30